
U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi Oʻzbekiston – Yaman (1:0) bellashuvidan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi vingeri va uchrashuvdagi yagona gol muallifi Muhammadali Oʻrinboyev fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Biz uchun birinchi oʻyin har doim muhim sanaladi. Jamoadoshlarimga va Yamanga bugungi uchrashuv uchun rahmat aytaman. Xudo xohlsa, shu ruhda davom etamiz.
Yaman juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi, lekin bizda gʻalabaga boʻlgan ishonch yuqori edi. Hozirdanoq bugungi bahsni unutib, keyingi turga [Indoneziya] tayyorgarlikni boshlaymiz", – dedi terma sardori.
Eslatib oʻtamiz, Indoneziya hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi 2-tur uchrashuvi 16 fevral kuni 16:30 da boshlanadi.
Manba: t.me/Davron_Fayziev “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar