19:55 / 13.02.2025
49

U-20 Osiyo kubogi. Ushbu musobaqada porlashi kutilayotgan futbolchilar

U-20 Osiyo kubogi. Ushbu musobaqada porlashi kutilayotgan futbolchilar
Kecha, 12 fevral kuni Xitoyda U-20 Osiyo kubogi start oldi. Ushbu turnirda 16 ta jamoa 4 ta guruhga boʻlingan holda chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

A guruhi

Shi Son Chen (Xitoy)

Mezbon sifatida Xitoydan yorqin oʻyin kutilmoqda va jamoani etaklash mas'uliyati Shi Son Chenning zimmasiga tushadi. 19 yoshli markaziy himoyachi "Shandong Taishan" klubining B jamoasida toʻp surmoqda.

Luka Yovanovich (Avstraliya)
Hujumchi Afgʻonistonga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda jamoaning ikki goliga ham mualliflik qildi va hujum chizigʻida etakchilik qilishi kutilmoqda. 19 yoshli futbolchi "Adelaida Yunayted" klubida toʻp tepadi.

Iriskeldi Madanov (Qirgʻiz Respublikasi)
19 yoshli hujumchi Qirgʻiz Respublikasining final bosqichiga chiqishida hal qiluvchi rol oʻynadi. U "I" guruhda ikkita gol urdi, uning jamoasi esa Yaponiya bilan bir xil 7 ochko toʻplab, ajoyib natija qayd etdi.

Ibrohim Muhammadali (Qatar)
Saralashning "J" guruhida jamoa sardori Muhammadali namunali oʻyin koʻrsatdi. 19 yoshli yarim himoyachi har oʻyinda bittadan gol urdi, Qatar esa toʻqqiz ochko bilan guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi.

"B" guruhi

Amuri Faysal (Iroq)

20 yoshli yarim himoyachi, Iroq sardori va tayanch futbolchisi boʻlib, jamoasining "H" guruhida toʻqqiz ochko bilan birinchi oʻrinni egallashida muhim rol oʻynadi. U Gʻarbiy Osiyo jamoasining saralash uchrashuvlarida oʻz hisobiga uchta gol yozdirib qoʻydi.

Odi Burxon Faxuriy (Iordaniya)
Iordaniya ikkinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi beshta jamoa qatoriga kirdi. 19 yoshli Faxuriy oʻz vazifasini a'lo darajada bajarib, saralashning "J" guruhida Qatardan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan jamoasi safida uchta toʻp kiritdi.

Tamer Fathi Alxaybari (Saudiya Arabistoni)
Alxaybari saralash bosqichida eng koʻp — besh gol urib, chinakam yulduzga aylandi. Saudiya Arabistoni esa 10 ochko toʻplab, "D" guruhida peshqadamga aylandi. 19 yoshli hujumchi jamoasining toʻrtinchi marta chempionlik unvonini qoʻlga kiritish yoʻlidagi kurashda etakchilik qilishi kutilmoqda.

Ri Chon Dok (Shimoliy Koreya)
20 yoshli Ri, saralash bosqichining "E" guruhida birinchi oʻrinni egallagan Shimoliy Koreya jamoasi tarkibida alohida ajralib turadigan oʻyinchiga aylandi. KXDR Oʻmondan toʻrt ochko ilgarilagan holda guruhni yakunlashdi. Toʻrtta gol urgan hujumchi 2014 yildan beri ilk marta pley-off bosqichiga yoʻl olish ilinjidagi koreyslarning natijalariga ulkan hissa qoʻshishi kutilmoqda.

"C" guruhi

Saidumarxon Saidnurullayev (Oʻzbekiston)

U-20 Osiyo kubogi soʻnggi yillarda koʻplab oʻzbekistonlik futbolchilar uchun muvaffaqiyatga erishish yoʻli boʻlib kelmoqda. Saidnurullayev ham Xitoydagi musobaqada ajoyib oʻyin koʻrsatib, ularning izidan borishga harakat qiladi. 20 yoshli yarim himoyachi saralash bosqichida 4 ta gol urdi. Oʻzbekiston chempionlik unvonini himoya qilishga bel bogʻlagan ekan, uning yanada koʻproq gol urishini kutish mumkin.

Ismoil Gʻolizoda (Eron)
Yarim himoyachi, saralash bosqichida uchta gol urdi. Eron esa toʻqqiz ochko bilan mukammal natija koʻrsatdi. Gʻolizoda, Eronning chempionlik unvonini qoʻlga kiritish uchun kurashida hal qiluvchi ahamiyatga ega futbolchi boʻladi.

Jens Raven (Indoneziya)
Yarim himoyachi, saralash bosqichida uchta gol urib, yorqin taassurot qoldirdi. Indoneziya Yaman, Timor va Maldiv orollarini orqada qoldirib, "F" guruhida birinchi oʻrinni egalladi. 19 yoshli futbolchi hozirda Niderlandiyaning "Dordrext" yoshlar jamoasida mahoratini oshirmoqda.

Abdulrahmon Abdulnabi (Yaman)
Saralash bosqichidagi eng yosh oʻyinchilardan biri boʻlgan 16 yoshli Abdulnabi, jamoasini final bosqichiga olib chiqish yoʻlida ikkita gol urib, ajoyib oʻyin namoyish etdi. Oʻng qanot hujumchisi boʻlgan Abdulnabi, Yamanning "Al Vahda" jamoasida toʻp tepmoqda.

"D" guruhi

Soma Kanda (Yaponiya)

Soma Kanda, saralash bosqichida ajoyib natija koʻrsatdi. U uchta gol urib, Yaponiyaning "I" guruhida etti ochko bilan peshqadam boʻlishida hissa qoʻshdi. 19 yoshli "Kavasaki Frontale" hujumchisi allaqachon Osiyo Elit Chempionlar Ligasida tajriba orttirdi va endi u Yaponiyaga ikkinchi bor chempionlik unvonini qoʻlga kiritishi uchun yordam beradi.

Shim Yon Von (Janubiy Koreya)
Janubiy Koreya 13-chempionligini qoʻlga kiritib, oʻz rekordini yangilashga harakat qiladi. Jamoaning oldingi chiziqdagi imkoniyatlari yuqori boʻlsa-da, himoyachi va jamoa sardori Shimning roli oʻta muhim ahamiyatga ega, chunki sharqiy osiyoliklar juda murakkab guruhda mudofaa boʻyicha barqarorlikni ta'minlashlari kerak.

Anas Dahhon (Suriya)
Suriya terma jamoasi, saralashning "A" guruhida toʻxtatib boʻlmas kuchga aylandi va 12 ochko bilan final bosqichiga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 19 yoshli hujumchi Dahhon, jamoaning asosiy quroliga aylandi va toʻrt marta raqiblari darvozasini ishgʻol qildi. Anasning Yaponiya va Janubiy Koreya himoyachilariga qarshi kurashini koʻrish maroqli boʻladi.

Kelan Rayan (Tailand)
Tailand, eng yaxshi beshta ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalardan biri sifatida final bosqichiga etib keldi. Buning uchun ular, besh gol urib, jamoada muhim rol oʻynagan Rayandan minnatdor boʻlishi lozim. Janubi-Sharqiy Osiyo jamoasi, oʻta kuchli jamoalar jamuljami boʻlgan "D" guruhidan chiqish uchun 19 yoshli futbolchining yuksak mahoratiga muhtojlik sezadi.

Manba: the-afc.com

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport