![“Manchester Siti” nega bu darajada ulkan tavakkalga qoʻl urganiga javob topildi](/uploads/posts/2025-02/5048c03646_bavvpf6g0alrncvs258sphwshpcxs1o0obxbleleosk3-6s-cb7lw-f1ahu9duzoadbuyscjncfnmu76a2vo5vlvogmlxmrtlzqesqtl0ttsbxbgw4ihlan8lryjv0q1ooycse8jn9qd1ko1.webp)
Abduqodir Husanovning professional faoliyatini boshlaganidan ikki yarim yil oʻtib, “Manchester Siti”da oʻynash darajasiga etgani jahon futbol jamoatchiligi tomonidan juda koʻp muhokama qilinoqda.
Darhaqiqat, 20 yoshli himoyachining “Lans”dan Angliyaning amaldagi chempioni safiga qoʻshilgani, “shaharliklar” Premer-ligasiga kelgan birinchi oʻzbek futbolchisi uchun jami 50 million yevro xarajat qilishga koʻngani ancha shov-shuv boʻldi.
“Chelsi”ga qarshi kechgan debyut oʻyinidagi noxush holatlardan keyin Abduqodirning tezda oʻzini oʻnglab olgani, Angliya kubogi doirasidagi uchrashuvda “Leyton Oriyent” darvozasiga gol urib, jamoasi oʻyinida burilish yasashni uddalagani va amalda Xosep Gvardiolani sharmandali holatdan olib chiqqani hali muxlisu mutaxassislar tilidan tushgani yoʻq.
Buyuk Britaniya futbolining tajribali va obroʻli ekspertlaridan Stiven MakInerni Abduqodir Husanov transferiga munosabat bildirib, oʻzbek futbolchisining salohiyatiga yuqori baho berdi.
- Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safidagi ikkinchi oʻyinidayoq har qanday holatda ham tez tiklana olish qobiliyatini namoyish qildi. Bu futbolchi juda tezkor va uni tezlik olgan yuk poyezdiga qiyoslasak boʻladi.
U jismonan yaxshi rivojlangan va juda kuchli. Toʻpni olib qoʻyishga usta ekanini, yakkakurashlarda yengilmasligini va zoʻr harakat qilishini ham koʻrdik.
Uning oʻyiniga qarab, “Manchester Siti” juda boy tajribaga ega boʻlmasa-da, aynan mana shu futbolchini transfer qilganini tushunish mumkin. Husanov “shaharliklar”ga arzonga tushgani yoʻq, manchesterliklar ancha katta pul sarflashiga toʻgʻri keldi. Biroq hozirning oʻzida “Manchester Siti” nega bu darajada ulkan tavakkalga qoʻl urganiga javob topildi.
Husanovning talanti yoqqol koʻzga tashlanmoqda. Xotirjam, chaqqon, baquvvat va himoyalanishni yaxshi biladigan oʻyinchi ekan.
Agar u oʻsishda davom etsa, uch-toʻrt yildan keyin ligamizda oʻziga xos oʻyinchi paydo boʻladi. Bu futbolchi Premer-ligada uzoq oʻynaydi. Husanov sport formasining choʻqqisiga chiqishi uchun 23 yoshigacha muhlat bering.
Hali ingliz tilini oʻrganib olsa, jamoa himoyasini mahorat bilan boshqara boshlaydi va shundan soʻng “Manchester Siti”dagi asosiy figuralardan biriga aylanadi, - dedi Stiven MakInerni.
Ta'kidlash joizki, Abduqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. Himoyachimiz yangi jamoasi bilan toʻrt yarim yillik bitim tuzdi. Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar