![Abduqodir Husanov "Nyukasl Yunayted" ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadi](/uploads/posts/2025-02/b04b19f567_khusanov.webp)
Bugun Angliya Premer-ligasi doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ushbu uchrashuvda yosh himoyachi Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga kiritdi. U himoya markazida tajribali futbolchi Jon Stounz bilan juftlik hosil qiladi.
Gvardiola jamoasi 4-2-3-1 sxemasida maydonga tushmoqda. Darvozani Ederson qo‘riqlaydi, himoya chizig‘ida esa Riko Luis, Abduqodir Husanov, Jon Stounz va Yoško Gvardiol harakat qiladi. Yarim himoyada N. Gonsales, Ilkay Gündogan, Filip Foden, Omar Marmush va Savinyo joy olgan. Hujum chizig‘ida esa Erling Holand jamoasiga g‘alaba keltirish uchun harakat qiladi.
"Nyukasl Yunayted" esa 4-3-3 sxemasi asosida o‘ynaydi. Ularning darvozasi Martin Dubravka tomonidan qo‘riqlanadi, himoya chizig‘ida Lyuis Xoll, Den Bern, Fabian Sher va Kiran Tripper harakat qiladi. Yarim himoyada Djo Uillok, Sandro Tonali va Bruno Gimaraynsh bor. Hujum chizig‘ida esa Entoni Gordon, Aleksandr Isak va Jeykob Merfi maydonga tushadi.
Zaxira futbolchilari:
"Manchester Siti" safida zaxirada Mateo Kovachich, Jeremi Doku, Kevin De Bryuyne, Shtefan Ortega, Bernardu Silva, Vitor Reys, Mateus Nunes, Niko O’Rayli va Jeyms Makati bor.
"Nyukasl Yunayted" zaxira futbolchilari esa Kallum Uilson, Xarvi Barns, Mett Targett, Emil Kraft, Uilyam Osula, Tino Livramento, Nik Poup, Shon Longstaff va Luis Mayli hisoblanadi.
Uchrashuv "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar