![U-20 Osiyo kubogi. Avstraliya va Xitoyda ketma-ket ikkinchi gʻalaba](/uploads/posts/2025-02/66ee6b1eef_china-pr-v-qatar-post-match.webp)
Xitoy mamlakatida 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda.
Biroz avval "A" guruhidan oʻrin olgan Qirgʻiziston - Xitoy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda mezbon Xitoy terma jamoasi 5:2 hisobida gʻalaba qozondi va Avstraliya bilan birgalikda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Xitoy terma jamoasini oʻzbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan mutaxassis Deyan Jurjevich boshqarib bormoqda. Uchrashuv komissari sifatida oʻzbekistonlik Yoqubjon Sohibov ishlaganini ta'kidlash zarur.
1-turda Avstraliyaga 1:5 hisobida yutqazgan Qirgʻiziston Qatar bilan birga guruhda qolib ketishi aniq boʻldi.
Qirgʻiziston - Xitoy 2:5
Gollar: Umar Madaminov 25, Iriskeldi Madanov 64 - Ksiong Jizeng 13, Vang Yudong 45, Mao Veije 49, Zu Pengyu 80, 90+2.
Qirgʻiziston: 1.Aziret Ismanaliyev, 2.Emir Xan Kidirshayev (4.Ivan Nastayev, 52), 5.Nasibulloh Alijanov (8.Baibol Ermekov, 76), 6.Atai Eshenkulov, 7.Kayrat Abdirasulov, 9.Argen Emilbekov (12.Emir Ernisov, 46), 10.Umar Madaminov (21.Muxtar Ishenaliyev, 52), 17.Artyom Istrashkin, 19.Iriskeldi Madanov (15.Daniel Omarov, 85), 20.Sardorbek Nematov, 23.Beknaz Almazbekov.
Bosh murabbiy: Sergey Puchkov (Ukraina).
Xitoy: 1.Liu Kivei, 3.Xe Yiran, 4.Shi Songchen, 5.Peng Ksiyao, 6.Yimulan Maimati (13.Ksiong Jizeng, 78), 7.Mao Veije (16.Zang Ziksiong, 78), 8.Chen Zeshi, 9.Liu Chengyu (14.Vang Yifan, 67), 10.Kuai Jiven (18.Zu Pengyu, 67), 11.Vang Yudong (17.Chen Shixan, 83), 23.Yang Ksi.
Bosh murabbiy: Deyan Jurjevich (Serbiya).
Ogohlantirishlar: Umar Madaminov 24, Artyom Istrashkin 30, Emir Xan Kidirshayev 44, Yang Ksi 62, Liu Chengyu 64, Atai Eshenkulov 69, Yimulan Maimati 76, Emir Ernisov 82, Vang Yifan 83.
Chetlatish: Artyom Istrashkin 47 (2SK).
Biroz avval "A" guruhidan oʻrin olgan Qatar - Avstraliya uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Unda Avstraliya 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
1-tur Avstraliya Qirgʻizistonni 5:1 hisobida taslim qilgandi, Qatar esa ilk bahsda Xitoyga 1:2 hisobida yutqazib qoʻygandi.
U-20 Osiyo kubogi, "A" guruhi, 2-tur
Qatar - Avstraliya 1:3
Gollar: Muhammad Gouda 19 - Aleks Badolato 24, Din Bosnyak 52, Daniel Benniye 69.
Qatar: 1.Abubakar Yaxyo, 2.Ayub Al Ouvi, 4.Abdulla Al Otaibi (13.Yusuf Muhammad Al Nizami, 46), 5.Ali Shahabi, 6.Bassam Odil Eyd (8.Muaz Taxa, 73), 7.Tahsin Jamshid (17.Nurildin Ibrohim, 71), 9.Muhammad Gouda, 10.Ibrohim Al Hassan, 11.Yunus Muhammad (3.Motaman Muhammad, 71), 15.Abdulaziz Jafari (12.Fayiz Al Farsi, 59), 16.Muhammad Xani Faragalla.
Bosh murabbiy: Feliks Anxel (Ispaniya).
Avstraliya: 1.Stiven Xall, 2.Joshua Insera, 3.Sebastyan Esposito, 4.Panayotis Kikianis, 6.Pol Okon Engstler (20.Luis Agosti, 82), 9.Luka Yovanovich (19.Musa Ture 62), 10.Aleks Badolato (15.Jaylan Pirman, 82), 11.Tiago Kuintal (7.Daniel Benniye, 63), 14.Zak Lisolayski, 17.Frans Deli, 21.Din Bosnyak (23.Adam Bugariya, 62).
Bosh murabbiy: Trevor Morgan (Avstraliya).
![](/uploads/posts/2025-02/aa0f3e7420_814784_original.webp)
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar