20:57 / 15.02.2025
28 850

"Manchester Siti" birinchi taymda "Nyukasl"ni tor-mor qildi, Husanov ishonchli oʻynadi

"Manchester Siti" birinchi taymda "Nyukasl"ni tor-mor qildi, Husanov ishonchli oʻynadi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" va "Nyukasl Yunayted" oʻrtasidagi bahsning birinchi boʻlimi yakunlandi. Pep Gvardiolaning jamoasi birinchi taymni 3:0 hisobi bilan yakunlab, toʻliq ustunlik qildi.

Jamoaning barcha gollarini Omar Marmush kiritdi – u 19, 24 va 33-daqiqalarda raqib darvozasini ishgʻol qildi. "Manchester Siti" hujumda samarali oʻyin namoyish etib, 6 zarba yoʻlladi va ularning 3 tasi golga aylandi.

Himoyada yosh futbolchi Abduqodir Husanov ishonchli harakat qildi. U himoya chizigʻida Jon Stounz bilan birga maydonda muvozanat saqladi va raqib hujumlariga deyarli imkoniyat qoldirmadi. "Nyukasl" esa butun taym davomida faqat 2 zarba yoʻlladi va ularning biri ham darvoza toʻriga yoʻnaltirilmadi.

Pep Gvardiola Husanovning harakatlaridan mamnun boʻlib, u maydondagi harakatlarini qarsaklar bilan qoʻllab-quvvatladi. Ikkinchi boʻlimda "Manchester Siti" oʻz ustunligini mustahkamlashga harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport