
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nyukasl" ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv qahramoni Omar Marmush bo‘ldi – u xet-trik qayd etdi (19', 24', 33'). So‘nggi gol esa Jeyms Makati tomonidan 84-daqiqada kiritildi.
Pep Gvardiolaning shogirdlari butun o‘yin davomida to‘liq ustunlik qildi. "Manchester Siti" umumiy 11 zarba yo‘llab, ularning 7 tasini darvoza to‘riga yo‘lladi, to‘pga egalik qilishda 62% ustunlik qildi va 585 ta aniq pas berdi (92% aniqlik bilan). Himoya chizig‘ida yosh futbolchi Abduqodir Husanov o‘zini ishonchli ko‘rsatdi va 7.0 baho oldi. U himoyada mustahkam harakat qilib, raqib hujumchilariga deyarli imkoniyat qoldirmadi.

"Nyukasl" esa umuman o‘z o‘yinini topa olmadi – mehmonlar atigi 3 marta darvoza tomon zarba yo‘llab, faqat 1 marta aniq zarba bera oldi. Himoyada esa Den Bern eng past – 5.9 reyting bilan baholandi, bu esa "Nyukasl" uchun kechasi yomon kechganini anglatadi.
Bu g‘alaba bilan "Manchester Siti" 44 ochkoga ega bo‘lib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi, "Nyukasl" esa 41 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar