17:02 / 16.02.2025
232

Mali gʻarbidagi noqonuniy oltin shaxtasi qulashi oqibatida 48 kishi halok boʻldi

Mali gʻarbidagi noqonuniy oltin shaxtasi qulashi oqibatida 48 kishi halok boʻldi
Foto: REUTERS
Mali gʻarbida noqonuniy oltin qazib olishga moʻljallangan shaxtaning qulashi oqibatida kamida 48 kishi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy politsiyadagi manbalariga tayanib The Guardian xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, mazkur voqea oldinlari Xitoy kompaniyasiga tegishli boʻlgan tashlandiq konda yuz bergan. Manbalarning qayd etishicha, halok boʻlganlarning asosiy qismi ayollardir. Ekologiya tashkiloti rahbarining ma'lum qilishicha, qurbonlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Agentlikning ta'kidlashicha, koʻplab insonlarning oʻlimiga olib keladigan bu kabi holatlar togʻ-kon ob'ektlaridagi noqonuniy faoliyatlar tufayli tez-tez sodir boʻlib turadi.

Mali — oltin qazib olish hajmi boʻyicha Afrikada toʻrtinchi oʻrinda turadi. Mamlakat oltin, temir rudasi, marganes, litiy va uranning ulkan zaxirasiga ega. 2024 yil yanvarda Mali janubi-gʻarbidagi Kangaba hududida joylashgan oltin koni tunneli qulab tushgandi. Oʻshanda hodisa oqibatida 73 kishi halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport