
La Liganing 24-turida "Real Betis" o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida mehmon jamoaning futbolchisi Igor Subeldiya 20-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar o‘z ustunligini namoyish etib, ketma-ket gollar urishga erishdi.
Birinchi gol 51-daqiqada Antoni tomonidan kiritildi. 64 va 69-daqiqalarda esa Mark Roka dubl qayd etdi va "Betis"ga ishonchli g‘alaba keltirdi. "Real Sosyedad" uchun vaziyat yanada og‘irlashdi, chunki 75-daqiqada yana bir futbolchisi, Sheraldo Bekker, maydondan chetlatildi.
Mazkur g‘alaba ortidan "Real Betis" turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarildi, "Real Sosyedad" esa 11-o‘ringa tushib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar