21:11 / 17.02.2025
1 945

“Paxtakor” “Al-Sadd”ni magʻlub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

“Paxtakor” “Al-Sadd”ni magʻlub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
Foto: “Paxtakor
Futbol boʻyicha Elit Chempionlar Ligasining 8-tur oʻyinlari 17 fevral, dushanba kuni boʻlib oʻtdi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi oʻz maydonida “Al-Sadd”ni qabul qildi. Uchrashuv davomida bir qator xavfli vaziyatlar yaratildi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida “Paxtakor” a'zosi Brayan Riaskosni hisobni ochdi. 37-daqiqaga kelib Hasan Al Haydos penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Oʻyinning 56-daqiqasida esa “Paxtakor” a'zosi Jonatan Lukkaning jarimadan yoʻllagan zarbasi raqib “jonli devor”iga tegib qaytdi, qaytgan toʻpni Riaskos bosh bilan “Al Sadd” darvozasiga kiritdi.

65-daqiqada mehmonlar vakili Adam Muhammad Unas, 68-daqiqada esa “sherlar” sardori Sardor Sobirxoʻjayev maydondan chetlatildi.

Elit Chempionlar Ligasi
8-tur bahsi

17 fevral, dushanba

“Paxtakor” - “Al-Sadd” 2:1
Gollar
: 1:0 – 18, Brayan Riaskos, 1:1 – 37, Hasan Al Haydos, 2:1 – 56, Brayan Riaskos
“Paxtakor”: Jonatan, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Shahzod Azmiddinov, Umar Adhamzoda, Jonatan Lukka, Sardor Sobirxoʻjayev, Doston Hamdamov (Ulugʻbek Hoshimov, 80), Diyor Xolmatov (Abdurauf Boʻriyev, 80), Flamarion (Otabek Joʻraqoʻziyev, 87), Brayan Riaskos (Bashar Resan, 72).
“Al-Sadd”: Ash Shib, Atal (Xidir, 80), Bunosir, Huhi, Al Yazidi (Abdulatif, 80), Unas, Gillerme (Sayyor, 32), Baqir, Al Haydos, Abdurisag (Muxika, 72), Kristo.
Ogohlantirishlar: Sobirxoʻjayev (49), Bunosir (55).
Chetlatishlar: Unas (65), Sobirxoʻjayev (68), Azmiddinov (90+9).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport