
Elit Chempionlar ligasining 8-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Al-Sadd" bahsi boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqiblardan ustun keldi.
Bellashuvdan soʻng "sherlar" murabbiyi Pedro Moreyra oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
- Juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik. Birinchi boʻlimda toʻliq ustunlikka ega boʻldik. Koʻproq gol urishga intildik. Oʻtkazib yuborgan golimiz kichik xato sababli yuzaga keldi. Yigitlar koʻrsatmalarni toʻgʻri bajargan taqdirda ijobiy natijalarga erisha olamiz. Navbatdagi bahslarga yanada yaxshi tayyorlanamiz.
Xorijlik futbolchilarni oʻzim tanladim. Ular jamoani kuchaytirishiga ishonganman. Har oʻyinda turli rejalarga egamiz va futbolchilar tarkib uchun kurash olib borishadi. Bu erda oʻynab ketish oddiy emas. Jamoaviy birga oʻynab, yutuqlarga erishamiz. Gol oʻtkazgach ham rejamizdan chekinmadik. Doim shunday oʻynashni xohlaymiz.
Kim qanday oʻynayotganini tahlil qilib turaman va shunga yarasha oʻzgarishlarni amalga oshiraman. Bahs borishiga qarab, kimni almashtirish yoki oʻyinga qoʻshish borasida qaror chiqaraman. Raqibni toʻpsiz qoldirishga urindik, ular toʻp bilan juda xavfli jamoa. Muxlislar esa shubhasiz bizning OʻN IKKINChI OʻYINChILARIMIZ! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar