
Foto: Paxtakor
Ilk bor tashkil etilgan OFK Elit Chempionlar Ligasida qatnashgan «Paxtakor» musobaqaning 1/8 finaliga yoʻlllanmani qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston vakili soʻnggi turda kolumbiyalik hujumchi Brayan Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni (2:1) magʻlub etib, turnirdagi ilk gʻalabasiga erishdi.
Jamoaning keyingi bosqichga chiqish-chiqmasligi boshqa oʻyinlarga bogʻliq edi va oʻsha bahslarda «sherlar»ni qoniqtiradigan natijalar qayd etildi. Aniqrogʻi, muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib boʻlgan Saudiya grandlari oxirgi oʻyinda yutqazishmadi va bu «Paxtakor»ning 1/8 finalga chiqishini rasman hal qildi. «An Nasr» «Persepolis» (0:0) bilan durang oʻynagan boʻlsa, «Al Ahli» esa «Al Garafa»dan (4:2) ustun keldi.
Natijada 8 oʻyinda 7 ochko toʻplagan «Paxtakor» kamida 8-oʻrindan (12 jamoadan 8 tasi chiqadi) pastga tushmaydigan boʻldi va Elit OChL pley-offida oʻynaydigan ilk oʻzbek klubiga aylandi. Nimchorakfinaldagi raqib — «Al Hilol» yoki «Al Ahli» boʻladi.
Hozirda Gʻarb mintaqasida 7 yoʻllanma egasi aniq — «Al Ahli», «Al Hilol», «An Nasr» (uchalasi — Saudiya Arabistoni), «As Sadd», «Ar Rayyan» (ikkalasi — Qatar), «Al Vasl» (BAA) va «Paxtakor» (Oʻzbekiston).

Soʻnggi 8-ishtirokchi Eron klubi boʻladi. Agar 18 fevral kuni Jaloliddin Masharipov oʻynaydigan «Istiqlol» «Ar Rayyan»ga yutqazmasa, keyingi bosqichga chiqadi. Agar «Istiqlol» magʻlub boʻlsa, Oston Oʻrunov harakat qiladigan «Persepolis» pley-offda oʻynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar