20:56 / 18.02.2025
1 647

"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches kechagi oʻyin haqida nimalar dedi?

"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches kechagi oʻyin haqida nimalar dedi?
Elit OChL 8-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:1) bahsidan soʻng Qatar jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches oʻyindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin biz kutgandek qiyin boʻldi. Bahs stsenariysi biz kutgandek boʻlmadi. Birinchi boʻlimdayoq vaziyatni oʻnglab oldik. Ikkinchi golni oʻtkazib yuborganimizdan soʻng biz yaxshiroq oʻynashga intildik, ammo qizil kartochka oʻz soʻzini aytdi. Bunday holatlar kamroq sodir boʻlishi kerak va oʻyin natijasiga ta'sir qilishi kerak emas. Soʻnggi daqiqalarda esa charchab qolgandik va tartib yoʻqoldi. Avvalgi uchrashuvlarda etarlicha oʻyin vaqtiga ega boʻlmagan futbolchilarga bugun imkoniyat berdik va ular oʻzini yaxshi taraflama namoyish etishdi. Endi keyingi muhim oʻyinlarga e'tibor qaratishimiz kerak.

- Jamoangiz pley-off yoʻllanmasini naqd qilib boʻlgandi. Bugungi uchrashuvdagi jamoa ishtiyoqi qanday edi?
- Dastlabki 6ta uchrashuv keyingi bosqichga chiqish uchun etarli boʻldi. Menimcha, biz ancha raqobatdosh jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Biz musobaqaning dastlabki bosqichini top-5da yakunlaymiz, top-8da emas. Mening maqsadim har doim yuqoriroq oʻrinni egallash, ammo katta ehtimol bilan biz toʻrtinchi yoki beshinchi oʻrinni egallaymiz. Biz turli xil kuchli jamoalarga qarshi oʻynadik. Musobaqadagi umumiy ishtirokimizdan qoniqdim. Bugun ham gʻalaba qozonmoqchi edik, ammo natija biz uchun quvonarli boʻlmadi.

- Bugun sovuq havo boʻldi. Ushbu jihat jamoangiz oʻyiniga qanday ta'sir qildi? Qatar jamoalari uchun bunday iqlimda futbol oʻynash noqulaydek tuyuldi.
- Bunday jihatlar bizga bahona boʻla olmaydi. Biz har bir holatga koʻnikib ketishimiz kerak. Sovuq havo bugungi magʻlubiyatga sabab boʻla olmadi. Bunday darajadagi musobaqada har qanday holat roʻy berishi mumkin.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek oʻyin namoyish etdimi yoki raqibda bugun qandaydir kutilmagan yurish boʻldimi?
- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlashni boshladi va jamoa oʻzgarib borayotgani aniq, lekin katta "syurpriz"lar boʻlmadi. Ular "Al Garafa"ga qarshi oʻyinda ham shunday oʻynashga intilishgan edi. Yangi xorijlik futbolchi Riaskos bugun darvozamizga ikkita gol urib ketdi. Men "Paxtakor"ni qanday oʻrganib chiqqan boʻlsam, ular hech qanday yangilik taqdim etmadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport