22:21 / 18.02.2025
1 265

Karlo Anchelotti: “Men Chempionlar ligasidagi hakamlarni afzal koʻraman”

Karlo Anchelotti: “Men Chempionlar ligasidagi hakamlarni afzal koʻraman”
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi javob bahsidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis hakamlar bilan bogʻliq muammolar, boʻlajak uchrashuv va bir necha futbolchilarning holati haqida gapirdi.

- “Ertangi uchrashuv uchun rejangiz qanday?
- Bizda oʻtgan haftadagi bilan bir xil reja bor. Deyarli hech narsani oʻzgartirmoqchi emasmiz.

- "Barselona" va "Rayo Valekano" bilan bogʻliq vaziyat haqida nima deysiz?
- Toʻgʻrisi, bu borada aytadigan gapim yoʻq. Bunday holatlar hali ham yuz berayotgani ajablanarli. "Osasuna", "Atletiko" va "Espanol" bilan sodir boʻlgan voqealardan norozi boʻldik. Keyingi voqealarni esa guvohi boʻlgansiz. Shu bilan birga, men Chempionlar ligasidagi hakamlarni afzal koʻraman. La Ligada jiddiy xatolar qilinmoqda va bu tuzatilishi kerak.

- VARga fikringiz qanday?
- VAR hakamlarning qaror qabul qilishiga ortiqcha vaqt sarflaydi. Bu hozirgi kunda juda xavfli hisoblanishini hammamiz bilamiz. VAR faqat oʻyinga ta'sir qiluvchi muhim vaziyatlar uchun ishlatilishi kerak. U bunchalik koʻp qaror qabul qilmasligi zarur.

- Gʻalaba qozonish uchun imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz?
- Oʻyindan oldin Gvardioladan soʻrayman. Ularning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati faqat 1% ekaniga ishonadimi? Ishonchim komilki, ular bundan koʻproq imkoniyatga ega ekanliklarini oʻylashadi, xuddi bizning imkoniyatimiz 99% emasligi kabi.

- Oʻyinga yondashuvingiz qanday?
- Biz hisob 0:0 yoki 1:0 hisobida yutqazmoqdamiz deb oʻynashimiz kerak. Sababi, bunday harakat qilmasak, juda katta xatoga yoʻl qoʻygan boʻlamiz.

- Bellingem, Asensio, Valverde, Vaskes va Mbappening holati haqida?
- Umid qilamanki, Bellingem diskvalifikatsiya qilinmaydi. Uning soʻzlarini bosh hakam notoʻgʻri tushungan edi. Albatta, shuni ham ta'kidlashim joiz, Asensio oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashi mumkin.

Federiko "Osasuna"ga qarshi oʻyindan keyin biroz dam olishi kerak edi. U soʻnggi mashgʻulotni muammosiz oʻtkazdi. Vaskes toʻliq tiklanmagan boʻlsa ham navbatdagi uchrashuvda zaxira oʻrindigʻida boʻlishi mumkin.

Kilian Mbappe ajoyib formadaligi yaxshi hisoblanadi. Shu bilan birga, bizning hujum uchligimiz ham juda yaxshi oʻynamoqda" - dedi 65 yoshli murabbiy.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport