
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida chempionlik uchun kurash tobora qizgʻin pallaga kirib bormoqda.
Opta statistika markazining superkompyuteri Premer-liga jamoalarining chempionlikka erishish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Unga koʻra, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul”ning birinchi oʻrinni egallashi 85,8 foiz aniq boʻlib chiqdi.
Ikkinchi oʻrinda borayotgan “Arsenal” klubining liverpulliklardan oʻzib ketish imkoni 14,1 foiz deb baholandi.
Amaldagi chempion “Manchester Siti” qishda toʻrtta transferni amalga oshirgan edi. Biroq sun'iy intellektning hisob-kitobiga koʻra, Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Vitor Reys va Umar Marmush jamoaga chempionlik unvonini saqlab qolishga deyarli yordam bera olmaydi.
Superkompyuter “shaharliklar”ning chempion boʻlish ehtimolini 0,1 foiz deb koʻrsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar