8 958
U-20 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston Eronga magʻlub boʻldi va guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston U20 terma jamoasi Osiyo kubogi doirasida Eronga minimal 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, futbolchilarimiz keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Mazkur bellashuvning 52 va 66-daqiqalarida eronliklar darvozamizni ishgʻol qilgan boʻlsa, 81-daqiqada Oʻrinboyev hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi.
U-20 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi. 3-tur
Oʻzbekiston - Eron 1:2
Gol: Yusef Marzayeh 52, 0:1, Ismoil Golizoda (penalti) 66, 0:2, Muhammadali Oʻrinboyev (Asilbek Jumayev) 80, 1:2
Oʻzbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov, 4.Gʻiyosjon Rizaqulom (3.Muhammadali Zohidov,57), 5.Azizbek Toʻlqinbekov (16.Muhammadali Reimov,69) 6.Ravshan Hayrullayev (s), 7.Daler Tuxsanov, 9.Saidumarxon Saidnurullayev (10.Muhammadali Oʻrinboyev, 69), 13.Behruz Jumatov, 17.Ollabergan Karimov (22.Asilbek Jumayev,57) 19.Rustambek Fomin (15.Lazizbek Mirzayev, 69) 23.Abdugʻafur Haydarov.
Zaxira: 1.Maksim Murkayev, 8.Amirbek Saidov, 11.Murodjon Komilov, 14.Ozodbek Qurbonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 20.Dilshod Abdullayev, 21.Samandar Muratbayev.
Eron: 1.Arsha Shakouri, 2.Nima Andarz, 3.Hesam Nafari, 4.Alireza Homayeisfard, 6.Samir Habobati (17.Mohammad Dindar,46), 7.Ismoil Golizoda, 8.Amirmohammad Razaginia, 13.Ali Hassani, 14.Abbas Harizi (15.Mobin Denghan, 55), 20.Yuusef Marzayeh, 21.Abolfazl Moredi.
Zaxira: 5.Erfan Darvish, 9.Yaghoob Barajeh, 10.Reza Gandi Pur, 11.Mahan Sadegi, 12.Armin Abbasi, 16.Abolfazl Zamani, 18.Abolfazl Zolehayei, 19.Purya Shahrabadi, 22.Mohammad Gandomi.
Ogohlantirish: Ali Hassani (Eron) 50, Arsha Shakouri (Eron) 83.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar