12:41 / 22.02.2025
2 498

“Barselona” yozda “Manchester Siti”ning qaysi oʻyinchisini olmoqchi?

“Barselona” yozda “Manchester Siti”ning qaysi oʻyinchisini olmoqchi?

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Jeremi Dokuni nishonga oldi.

El Nacional nashrining yozishicha, 22 yoshli belgiyalik futbolchi hozirgi jamoasida oʻziga berilayotgan oʻyin vaqtidan norozi va yozda klubni tark etishga qarshi emas.

“Shaharliklar” ham 2023 yilning yozida 60 million yevroga transfer qilingan futbolchi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishga tayyor.

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, manchesterliklar Doku boʻyicha 60 million yevrodan boshlangan har qanday taklif boʻyicha muzokaraga kirishadi. Klub iste'dodli oʻyinchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga ham rozi ekani aytilmoqda.

Jeremi Doku joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuv oʻtkazib, oltita gol va ettita assist qayd etdi. Manchesterliklar yanvarda Umar Marmushni olib kelganidan keyin belgiyalik oʻyinchining kelajagi soʻroq ostida qolmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport