
AQShning Sietl shahrida bugun, 23 fevral tongida boʻlib oʻtayotgan UFC Fight Night musobaqasida Prelim kardning ikkinchi jangida oʻzbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Roʻziboyev oktagonga koʻtarildi.

Foto: Getty Images
Unga amerikalik UFC debyutanti Erik Makkoniko raqiblik qildi. 3 raundga moʻljallangan jang ikkinchi raundda muddatidan avval yakuniga etdi. Oʻzbekistonlik sportchi raqibiga ketma-ket zarbalar yoʻlladi. Vaziyatga hakam aralashib, jangni toʻxtatishga majbur boʻldi.
Ma'lumot uchun, Nursulton Roʻziboyev shu vaqtga qadar UFC'da 3 ta jangdan 2 tasida gʻalaba qozonib, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu gʻalabadan soʻng, uning gʻalabalari soni 3 taga etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar