
Manchester Cityning yosh o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov bugungi Liverpool ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Bu uning jamoaning eng muhim o‘yinlaridan birida ilk bor boshlang‘ich tarkibda tushishidir.
Pep Guardiola boshchiligidagi Manchester City 4-2-3-1 sxemasi bilan harakat qiladi. Husanov himoyada Nathan Ake, Joško Gvardiol va Rico Luis bilan birgalikda o‘ynaydi. Yosh futbolchi o‘zining ishonchli o‘yini bilan murabbiylar shtabining e’tiboriga tushgan va bugungi bellashuvda o‘zini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonlik muxlislar uchun bu tarixiy lahza bo‘lishi mumkin, chunki Husanov dunyoning eng kuchli klublaridan birida asosiy tarkibga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning Liverpul hujumchilari, xususan, Muhammad Salah va Luis Dias ga qarshi qanday harakat qilishi barchaning diqqat markazida bo‘ladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar