
Angliya Premer-ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda "Liverpul" "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba mehmonlarga Muhammad Saloh va Dominik Soboslayning gollari evaziga keldi.
14-daqiqada Soboslay chiroyli uzatma bilan Salohni darvoza oldida topdi va Misr yulduzi hisobni ochdi. 37-daqiqada esa Soboslayning o‘zi Salohning uzatmasidan keyin "Siti" darvozasini ishg‘ol qildi, shu tariqa yakuniy hisob o‘rnatildi.
"Manchester Siti" o‘yinda ko‘proq to‘p nazorat qildi (67%), ammo hujumda aniq harakat qilishda qiynaldi. "Siti" raqib darvozasiga 16 ta zarba yo‘lladi, lekin faqat 5 tasi darvozaga to‘g‘ri yo‘llandi. "Liverpul" esa samaradorlik borasida ancha yaxshi o‘ynadi va 4 ta aniq zarbadan 2 ta gol kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng "Liverpul" turnir jadvalida 64 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda, "Manchester Siti" esa 44 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qoldi.
Uchrashuv Etixad stadionida bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar