08:54 / 24.02.2025
3 733

Muhammad Saloh Husanovga qarshi oʻyinda hech kim qilmagan ishni uddaladi

Muhammad Saloh Husanovga qarshi oʻyinda hech kim qilmagan ishni uddaladi
Angliya Premer-ligasining 26-turida amaldagi chempion “Manchester Siti” oʻz muxlislari koʻz oʻngida joriy mavsum etakchisi “Liverpul”ga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Muhammad Saloh va Dominik Soboslaining bittadan goli mehmonlarga 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Biz uchun muhimi, bu bahsda Abduqodir Husanov toʻliq oʻynadi va jamoasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi.

Bellashuvda hisobni ochib, sherigiga golli pas uzatgan Muhammad Saloh tarixiy natija qayd etdi. Misrlik hujumchi Angliya Premer-ligasi tarixida ikkita mavsumda gol+pas tizimi boʻyicha 40 ball va undan koʻp ochko toʻplagan birinchi oʻyinchi boʻldi.

Bu haqda Squawka statistika markazi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali ma'lumot tarqatdi.

Manbaga koʻra, Saloh 2017-2018 yilgi mavsumda gol va assistlar sonini 42 taga etkazgan edi. Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi hisobida Angliya Premer-ligasida urilgan 25 ta gol va 16 ta assist bor. Chempionat davom etayotganini inobatga olsak, bu koʻrsatkich hali yana oshadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport