968
Umar Kremlyov: "Necha pul sarflanishidan qat'i nazar, biz bu jangni Moskvaga olib kelamiz"

Rossiyalik yarim ogʻir vazn toifasi vakillari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev oʻrtasidagi uchinchi jangning oʻtkazilish ehtimoli oshdi.
Kuni kecha Ar-Riyod shahrida oʻtgan jangda kelib chiqishi qirgʻizistonlik boʻlgan Dmitriy Bivol raqibini ochkolar hisobiga koʻra magʻlub etib, yarim ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Bu bilan u ilk jangdagi magʻlubiyat uchun revansh olish barobarida 40 yoshli Beterbiyevga faoliyatidagi ilk magʻlubiyatni taqdim etdi.
Bokschilar uchinchi jangga ham qarshi emas. Trilogiya Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida oʻtkazilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov xabar berdi.
"Oʻylashimcha, biz uchun uchinchi jang kerak. Ularning har ikkisi ham dunyoning eng yaxshi bokschilari. Trilogiyani 100 000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oluvchi "Lujniki" stadionida oʻtkazishimiz kerak. Agar siz buni istasangiz, necha pul sarflanishidan qat'i nazar, biz jangni Moskvaga olib kelamiz. Muzokaralarni ertagayoq boshlaymiz" – dedi Kremlyov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar