07:24 / 25.02.2025
55

Ekspertlar “Roma” futbolchilarining oʻyinini qanday baholadi?

Ekspertlar “Roma” futbolchilarining oʻyinini qanday baholadi?
Italiya chempionatining 26-turini “Roma” va Montsa” uchrashuvi yakunlab berdi. Bu oʻyin qahramoni Eldor Shomurodov boʻldi.

29 yoshli hujumchimiz yarim soat ichida uchrashuv taqdirini hal qilib qoʻydi. Bu gal hamyurtimiz hisobida bittadan assist va gol.

“Roma” Klaudio Raneri qoʻl ostida A Seriya va Evropa ligasida ijobiy natijalar qayd etishda davom etmoqda. Shomurodovning oʻyini ochilib boryapti.

Nufuzli manba – vocegiallorossa.it sayti ekspertlari “Roma” futbolchilarining oʻyinini quyidagicha baholadi.

Svilar 6,5:
Svilar ancha zerikib qoldi. Raqib uni 41-daqiqaga kelib, ilk bor bezovta qildi. Qolgan daqiqalar ham xotirjam oʻtdi.

Manchini 6,5:
Bu uchrashuvda autsayder jamoa himoyachilarga ham ortiqcha bosim qila olmadi.

Xummels 6,5:
Uchrashuv boshidanoq raqib hujumchilarga Rimda kim xoʻjayin ekanini koʻrsatib qoʻydi.

Ndika 6.5:
Juda ishonchli oʻynadi. Bahs davomida jamoadoshlarining kamchiliklarini yopib turdi.

Salemakers 7,5:
Yirik hisobni oʻz goli bilan ochib berdi. Eldor Shomurodov etkazib bergan toʻpni “Montsa” darvozasiga aniq joyladi.

Kristante 7,5:
Juda aqlli oʻyin namoyish qildi. Toʻp uzatishlari aniq chiqdi. Anjelinoga golli pas uzatdi va oʻzi ham gol urdi.

Pizilli 6.5:
Oʻynash ishtiyoqi balandligi sezilib turdi. Biroq toʻp bilan ishlashda ayrim xatolarga yoʻl qoʻydi.

Anjelino 7.5:
Chap qanotni oʻziniki qilib oldi va gol ham urdi.

Baldantsi 7:
Jamoasi oʻyinini boshqarib bordi. Karboni bilan kurashda ustunligini koʻrsatdi. Darvozaga xavf soldi.

Dibala 6,5:
62-daqiqada Baldantsi oʻrniga maydonga tushdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoaga etakchilik qildi. Kristantega golli pas uzatdi.

Sule 7:
Uchrashuv davomida har ikki qanotda oʻynab, raqiblarni ancha chalgʻitib qoʻydi. Eldor Shomurodovga golli pas uzatdi.

Shomurodov 7,5:
Raqib himoyasini sarosimaga solib qoʻydi. Artyom Dovbik yoʻqligida oʻzini koʻrsatib kelmoqda. Bu bellashuv taqdirini yarim soat ichida aynan Shomurodov hal qildi. Dastlab, Salemakersga golli pas uzatdi. Keyin oʻzi boshi bilan “Montsa” darvozasini ishgʻol qildi. 70-daqiqada oʻrnini Paredesga boʻshatib berdi.

Raneri 7:
73 yoshli mutaxassis “Roma”da hamma narsani ijobiy tomonga oʻzgartirdi. Jamoani boshqarishda murabbiylik mahoratini namoyish qilib kelmoqda. Uning qoʻl ostida jamoa aqlli oʻyin koʻrsatyapti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport