
Xorvatiyaning «Drachise Djyakovo» jamoasi hujumchisi Stepan Luchyanich qatorasiga xet-trik qilish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi.
Xorvatiya chempionatining 3-divizioni vakili «Zrinski Drene»ga qarshi o‘yindagi xet-trik ushbu futbolchi uchun ketma-ket 5 uchrashuvda uchtadan gol urishi bo‘ldi.
Shu tariqa, Luchyanich Yaponiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Masasiji Nakayama o‘rnatgan rekordni yangiladi. Yapon futbolchisi 18 yil muqaddam qatorasiga 4 uchrashuvda xet-trik qayd etgandi.
Luchyanich «Drachise Djyakovo»da klub rekordini o‘rnatgan — u mavsum boshidagi o‘yinlardan birida 6ta gol urgan va jamoa tarixidagi rekordni qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar