
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Jek Grilish faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubi – “Nyukasl”ga o‘tishi ehtimoli oshib bormoqda.
Grilish o‘z davrida “Aston Villa”ning asosiy yulduzi bo‘lgan. “Shaharliklar” bu o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun angliyalik futbolchilar transferlari tarixidagi rekord summa – 117,5 million yevro to‘lagan.
Biroq Manchesterga kelganiga to‘rt yil bo‘layotgan Grilish avvalgi darajasiga chiqa olmadi. Xosep Gvardiola qimmatbaho o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor.
ChronicleLive nashrining yozishicha, nyukaslliklar yanvarda ham bu o‘yinchini olishga harakat qilgan edi. Biroq bu transfer amalga oshmadi. Shunga qaramay, “qarg‘alar” maqsadidan qaytgani yo‘q.
“Manchester Siti” Jek Grilishni olingan summadan ancha arzonga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Chunki uning transfer summasi bugungi kunda 45 million yevroga tushib qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar