
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida Liverpul o‘z maydonida Nyukasl Yunaytedni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning birinchi golini Dominik Soboslai 11-daqiqada urdi, unga Luis Dias assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘limda esa 63-daqiqada Aleksis Makkallister hisobni oshirdi, unga esa Muhammad Saloh golli uzatma berdi.
Liverpul ushbu g‘alaba bilan turnir jadvalida 67 ochko bilan yetakchilikni davom ettirdi. Nyukasl esa 46 ochko bilan 6-o‘rinda qolmoqda.
Asosiy statistikalar:
Zarba: Liverpul – 12, Nyukasl – 3
Aniq zarbalar: Liverpul – 3, Nyukasl – 0
To‘p nazorati: Liverpul – 62%, Nyukasl – 38%
Pasylar: Liverpul – 589, Nyukasl – 385
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar