"Bolonya" o‘z maydonida "Milan"ni yengdi

"Bolonya" o‘z maydonida "Milan"ni yengdi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Bolonya" jamoasi o‘z uyida "Milan"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi hisobni mehmonlar sardori Rafael Leao 47-daqiqada ochdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, "Bolonya" safida Sanches Kastro (48') va Dan Ndoye (62') tomonidan urilgan gollar evaziga jamoa g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Statistikaga ko‘ra, "Bolonya" maydonda ustunlik qildi:
Zarba: 14-8
To‘p nazorati: 57% - 43%
Aniq paslar: 81% - 73%

Mazkur g‘alaba evaziga "Bolonya" 44 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi, "Milan" esa 41 ochko bilan 8-o‘ringa tushib ketdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar