
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston tarixida yunon-rum kurashi bo‘yicha ilk jahon chempioni bo‘lgan Alisher G‘aniyevga Farg‘ona shahridan xonadon kalitini topshirdi, deb hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher G‘aniyev 2024-yil oktabr oyida Albaniyaning Tirana shahrida o‘tkazilgan U23 jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, u O‘zbekiston tarixida 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempioniga aylandi.
Chempionga uy Ekoshahar — “Yangi O‘zbekiston” massividan ajratildi. Viloyat hokimi sportchini yutug‘i bilan tabriklab, uning kelgusida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar