
FIDE reytinglarni mart oyi uchun yangiladi. Unga ko‘ra, Magnus Karlen yetakchilikni saqlab qoldi.
Norvegiyalik grossmeysterda 2833 reyting ochko mavjud. Ikkinchi o‘rinni esa 2802 ochko bilan Hakaru Nakamura egalladi. Hindistonlik Gukesh Dommaraju 2787 reyting ochkosi bilan kuchli uchlikda.
Yangilangan reytingning TOP-100ligidan 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi joy olgan:
6. Nodirbek Abdusattorov — 2773
29. Javohir Sindarov — 2707
49. Rustam Qosimjonov — 2675
51. Shamsiddin Vohidov — 2670
71. Nodirbek Yakubboyev — 2654
20 yoshgacha qizlar kuchli yuzligidan 3 nafar hamyurtimiz joy olgan:
11. Afruza Hamdamova — 2350
41. Umida Omonova — 2241
90. Karimova Guldona — 2160

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar