09:15 / 02.03.2025
4 737

Osiyo kubogi U20. Avstraliya Saudiya Arabistonini yengib, qit’a chempioni bo‘ldi

Osiyo kubogi U20. Avstraliya Saudiya Arabistonini yengib, qit’a chempioni bo‘ldi
Foto: The AFC
Xitoyda futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar ishtirokidagi Osiyo kubogi (U20) yakunlandi.

Ushbu turnirni hech mubolag‘asiz «g‘alati penaltilar chempionati» deyish mumkin: O‘zbekistonni Janubiy Koreya mag‘lub etdi, koreyslarni saudiyaliklar dog‘da qoldirdi, ularni esa avstraliyaliklar...

Bugun bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqqan Avstraliya va Saudiya Arabistoni yoshlar jamoalari qarama-qarshiligida asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda kuchlar teng keldi: 24-daqiqada Agosti hisobni ochdi, 45+2-daqiqada Talal Hoji muvozanatni tikladi — 1:1.

Penaltilar seriyasida avstraliyaliklarning omadi chopib, Osiyo kubogi U20 chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Osiyo kubogi U20. Final

Avstraliya – Saudiya Arabistoni 1:1.

Penaltilar seriyasi – 5:4.

Gollar: Agosti 24 — Talal Hoji 45+2.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport