date
views 3 188

Ispaniyada kun o‘yinlari: «Atletiko» hozircha birinchi o‘rinda...

Ispaniyada kun o‘yinlari: «Atletiko» hozircha birinchi o‘rinda...
Shanba oqshomida Ispaniya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat haqida ushbu maqola orqali ma’lumotga ega bo‘lasiz.

«Betis» – «Real» – 2:1
Gollar
: Kardozo 34, Isko 54 pen – Braim Dias 10.
«Betis»: Adrian, Rodriges, Lorente, Bartra, Sabali (Bakambu, 81), Altimira (Natan, 90), Kardozo, Rodriges (Chimi Avila, 71), Isko, Antoni, Ernandes (Ruibal, 81), Veytes, Gonsales, Natan, Perro, Ruibal, Fornals, Flores, Chimi Avila, Bakambu
«Real»: Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 85), Alaba (Kamavinga, 59), Ryudiger, Vaskes, Braim Dias (Gyuler, 59), Tchuameni, Modrich, Vinisius Junior, Mbappe (Endrik, 75), Rodrigo, Lunin, Gonsales, Fran Garsiya, Asensio, Kamavinga, Gyuler, Andres, Endrik

«Real» «Betis» maydonida mutlaqo haqli ravishda yutqazdi. Amaldagi chempionlar uchun eng alamlisi bunda hal qiluvchi rolni Isko bajargani bo‘ldi. U esa hissiyotlarini yashirib o‘tirmadi.

Andalusiyaliklar uchun o‘yin tezkor gol o‘tkazib yuborish bilan boshlangandi. Mbappe hal qiluvchi ishni bajargan hujumda Braim Dias Mendining pasidan keyin darvozani ishg‘ol etdi. Keyin esa katta sahnaga Isko chiqdi. Uning burchakdan oshirgan uzatmasidan keyin Kardoso hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda Ryudiger jarima maydoni ichida qilgan foldan keyin esa — madridliklarning sobiq futbolchisi penaltidan g‘alaba golini urishi bilan yakunlandi. Shunday qilib Pellegrini o‘ninchi urinishda «Real»ni La ligada mag‘lub eta oldi, Karlo Anchelotti «Betis»ga ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Ammo bular «Barselona»ning bugungi o‘yinda g‘alaba qozonish orqali yakkapeshqadamga aylanib olishi mumkinligi oldida hech narsa emas.

«Atletiko» – «Atletik» – 1:0
Gol
: Xulian Alvares 66.
«Atletiko»: Oblak, Galan, Langle, Le Norman, Molina, Lino (Gallaxer, 59), Barrios (Ximenes, 69), De Pol, Simeone (Lorente, 58), Serlot (Alvares, 59), Grizmann (Korrea, 63)
«Atletik»: Unai Simon, Berchiche, Yeray Alvares, Vivian, Gorosabel, Xauregisar (Vesga, 81), Ruis de Galarreta (Prados, 64), Uilyams, Unai Gomes (Guruseta, 63), Uilyams, Berenger (Sannadi, 77).

To‘g‘ri, «Barsa» hali cho‘qqiga qaytgan «Atletiko»ni quvib o‘tishi kerak bo‘ladi. «Matraschilar»ga zahira o‘rindig‘i kengligi qo‘l keldi, Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan dam berilgan Xulian Alvares ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va o‘zining odatiy ishini bajardi. Uning goli Diyego Simeone jamoasidagi jokerlar uchun o‘n oltinchi gol bo‘ldi. Argentinalik mutaxassis
«Metropoliten»dagi darvoza ustuni va to‘sinidan ham minnatdor bo‘lishi kerak. Ular ikki marta madridliklarni qutqarib qoldi. Endi bugun «Barselona» javob yurishini amalga oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniyada kun o‘yinlari: «Atletiko» hozircha birinchi o‘rinda...