
"Manchester Siti"da yozgi transfer oynasida katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Klub rahbariyati ayrim yulduzlar bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. Ular orasida jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri, belgiyalik mahoratli pleymeyker Kevin de Bryuyne ham bor.
Maosh kesilishi – yagona yo‘l
"Mirror" nashrining xabar berishicha, Kevin de Bryuyne klubda qolishi mumkin, ammo bir shart bilan – u maoshining uchdan ikki qismidan voz kechishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi shartnoma bo‘yicha 33 yoshli futbolchi haftasiga 375 ming funt maosh oladi. "Siti" uning yangi kelishuv bo‘yicha bu summani 150 ming funtga tushirishni taklif qilmoqda.
Shu bilan birga, klub rahbariyati bonuslar tizimi orqali De Bryuyneni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Ya’ni, u maydonda yaxshi natija ko‘rsatsa, qo‘shimcha mukofotlar olishi mumkin.
De Bryuyne uchun bu nimani anglatadi?
2015 yilda "Volfsburg"dan "Manchester Siti"ga kelganidan beri 410 ta o‘yinda 106 ta gol va 174 ta golli uzatma amalga oshirgan belgiyalik maestro jamoaning ajralmas qismiga aylangan. Uning maydondagi borligi va o‘yini jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega.
Biroq, yoshi va so‘nggi mavsumlarda jarohatlarga moyilligi klubni shunday qarorga keltirdi. Agar u shartlarni qabul qilmasa, yozda Saudiya Arabistoni yoki AQSH klublaridan kelib tushadigan yirik takliflardan biriga rozi bo‘lishi mumkin.
De Bryuyne "Siti"da qoladimi?
Muxlislar uchun bu juda muhim savol. Kevinning texnik mahorati, uzoqdan aniq uzatmalari va jamoani oldinga boshlash qobiliyati "Siti" uchun beqiyos ahamiyatga ega. Agar u klub taklifini qabul qilsa, "Siti"da yana bir necha yil yuqori darajada o‘ynashi mumkin.
Shuning uchun, De Bryuyne "shaharliklar"da qolishni xohlaydimi yoki katta maosh taklif qilayotgan boshqa jamoalarga ketadimi – bu savolning javobi tez orada ma’lum bo‘ladi! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar