11:09 / 05.03.2025
5 517

Jorje Jezus: "Barcha muammolarimizga yomon maydon holati sabab bo‘ldi"

Jorje Jezus: "Barcha muammolarimizga yomon maydon holati sabab bo‘ldi"
Elit OCHL nimchorak final bahsidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" (1:0) bahsidan so‘ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Jorje Jezus matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Pley-off bahsining birinchi qismi yakunlandi. Endi bizni javob uchrashuvi kutib turibdi. Riyoddagi uchrashuvga bor e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Bunday maydonda o‘zimiz istagan futbolni namoyish eta olmadik. Shu sababli o‘z o‘yinimizga o‘zgarishlarga kiritishga majbur bo‘ldik. Uzun paslar va ikkinchi to‘pga birinchi bo‘lib egalik qilishga harakat qildik. Bunday maydonda sifatli futbol namoyish etish qiyin masala. Bunday sovuq ob-havoda jarohatlarimiz soni ham ko‘payib ketdi. Minus besh harorat va yomon maydon bunga sabab bo‘ldi. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyat emas, asosiy tarkib o‘yinchilarini yo‘qotganimiz men uchun eng yomon natija bo‘ldi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bir haftadan so‘ng Riyodda o‘ynaymiz" - dedi Jorje Jezus.

- "Al Hilol" bugun o‘ziga mos futbol namoyish eta olmadi. Jamoa yaxshi hujumlar qilmadi va bir nechta futbolchilari jarohat oldi. Bunday yomon o‘yinning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

- "Paxtakor"dek yaxshi shakllangan jamoa bizga ko‘p muammolar keltirib chiqardi. Yana bir bor takrorlayman, bugun qaysi futbolchimiz maydonda bo‘lishidan qat’i nazar ular o‘z darajasidagi o‘yinni namoyish eta olishmadi. Bunga sabab maydon holati bo‘ldi. Shu sababli biz o‘z uslubimizni o‘zgartirdik. Biz ko‘proq yakkakurashlarga e’tibor qaratdik, ammo bu bizning taktikamiz emas edi. O‘yin bizni o‘z uslubimizni o‘zgartirishga majbur qildi. Sovuq ob-havo va maydon holati tufayli ko‘p futbolchilarimiz o‘yin oxirigacha qadar o‘ynay olishmadi. Barcha muammolarimizga yomon maydon holati sababchi. Men bugun jamoam qanday o‘yin namoyish etganiga emas, jamoam qanday qilib keyingi o‘yinga tiklanishi muhimroq. Bugungi muammolarning sababini aytib o‘tdim.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek o‘yin namoyish etdimi?

- "Paxtakor"ning o‘yini men hayron qoldirmadi. O‘yin faqatgina kurashlardan iborat bo‘ldi. Bunday sharoitlarda o‘yinni nazorat qilish qiyin. Barchasiga maydon holati sababchi. Biz qo‘limizdan kelgan barchasini namoyish etdik. Endi Riyoddagi bahs haqida o‘ylashimiz kerak.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezus: "Barcha muammolarimizga yomon maydon holati sabab bo‘ldi"