Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi sardori Neymar JCh-2018 saralashining 11-turida Argentinaga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda terma jamoasi safidagi 50-golini urdi. Endi u braziliyaliklarning afsonaviy futbolchilari Pele, Ronaldo va Romario qatorida terma jamoa uchun 50 gol urgan futbolchi bo‘ldi.
Neymar argentinaliklarga qarshi uchrashuvning 45-daqiqasida hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qayd etish kerakki, Neymar Braziliyaning oxirgi 4 uchrashuvida 3ta gol urdi va 5ta golga to‘p uzatdi.
Neymar 50ta golini terma jamoadagi 74 uchrashuvda urishga ulgurdi. Terma jamoa uchun 50tadan ortiq gol urganlar uchligi quyidagicha: Birinchi - Pele (77 gol, 91 uchrashuv), ikkinchi - Ronaldo (62 gol, 98 uchrashuv), uchinchi - Romario (55 gol, 70 uchrashuv).
Braziliyaliklar bu g‘alabadan keyin guruhda 24 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Argentina 16 ochko bilan oltinchi o‘rinda va jamoa mundialga yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan tashqarida qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi