
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nottingem Forest"ga qarshi bahs oldidan jamoasidagi himoyachilar holati haqida gapirdi va Abduqodir Husanovni alohida ta’kidladi.
"Juda koʻp himoyachilar jarohat olgani sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. Yaxshiyamki, qishda himoyachilar bilan tarkibni kuchaytirdik. Agar buni qilmaganimizda, vaziyat ancha ogʻir boʻlardi. Husanov bizga katta yordam berdi va ajoyib oʻyin namoyish etdi.
Albatta, "Chelsi"ga qarshi oʻyin uning uchun qiyin kechdi, ammo keyin barchasi oʻz oʻrniga tushdi", – dedi Gvardiola. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar