07:43 / 08.03.2025
5 746

Eldor, butsangni bir poyini Dovbikka ber! Shomurodov sha’niga tinimsiz maqtovlar yog‘ilmoqda...

Eldor, butsangni bir poyini Dovbikka ber! Shomurodov sha’niga tinimsiz maqtovlar yog‘ilmoqda...
Roma” Yevropa ligasi chorak final birinchi uchrashuvida “Atletik” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan keyin Rim ahli bu muvaffaqiyatni nishonlashni to‘xtatgani yo‘q.

Ayniqsa, so‘nggi soniyada gol urib, muhim g‘alaba sababchisi bo‘lgan Eldor Shomurodov sha’niga tinimsiz maqtovlar yog‘ilmoqda. “Roma” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan munosabatini bildirishmoqda.

Daniele Puppio:
Shomurodovga kamida uch yillik shartnoma beringlar. Biz buni quchoq ochib kutib olamiz.

Thomas Adamek:
Juda muhim gol. U bizni chorak finalga yetaklaydi. Rahmat, Eldor!

Fabrizio Falconi:
Eldor, biz seni yaxshi ko‘ramiz.

Nik Asr:
Bir daqiqada nimalar yuz berishi mumkinligini ko‘rdik. Eldorning goli tufayli g‘olib chiqdik.

Stefano Salvatori:
Eldor bu olamda eng chiroyli ismga aylandi.

Renato Biagiutti II:
Haqli g‘alaba, Eldorga katta rahmat.

Fiammenghi Goffredo:
Eldor to‘purar bo‘lmasligi mumkin, lekin doim “Roma” libosi uchun yuragini berib o‘ynaydi.

Luca Libertino:
Eldor, biz muxlislar seni yaxshi ko‘ramiz.

Gianluca Somma:
Eldor fenomen.

Luca Cutolo:
Eldor meni tildan qoldirdi...

Rosella Ciotti:
Shomurodov bir zarba bilan hammasini o‘zgartirib yubordi.

Gianluca Nanni:
Eldor har bir tanqidga munosib javob berib qo‘ydi...

Paolo Calderoni:
Endi Eldor Ispaniyada ham gol urishi kerak.

Libero Testa:
Eldor, butsangni bir poyini Dovbikka ber, o‘zining butsasida sirpanib ketyapti...

Giovanni Maddalena:
Endi Klaudio Raneri asosiy hujumchi kimligini aniqlab olishi kerak. Eldorni boshlang‘ich tarkibga tasdiqlagan ma’qul. Shomurodov bu gal ham kim muhimligini ko‘rsatdi.

Lino Lamanna:
Shomurodovning shartnomasini ayta ko‘rib chiqish lozim.

Alessio Alessio:
Eldor o‘yinni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shomurodov, faoliyating qayerda davom etishidan qat’i nazar, men doim seni qadrlayman. Chunki sen, doim chin yurakdan o‘ynaysan.

Marko Paolucci:
Bu golni hech qachon unutmaymiz. Rahmat Eldor. Shomurodovga bir umrlik shartnoma bering!

Marco Mtz:
Shomurodov abadiy Rimda qolsin...

Mario Caso
Eldorga “Oltin to‘p” va 100 million yevro mukofot bering...

Domiziana Rollo:
“Roma” xo‘jayini bo‘lganimda Shomurodovni jamoada olib qolardim...

Enrico Venti:
Eldor mashaqqatli mehnat bilan asosiy tarkibdan o‘ziga joy ochmoqda.

Valentina Fracassi:
Shomurodov, supergol uchun senga alohida rahmat!

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga beshta gol urdi va jamoadoshlariga uchta assist uzatdi.

Rimlik ishqibozlarning Shomurodov haqidagi fikrlari: Agar o‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport