
"UFC 313" turnirining prelim kardidagi barcha janglar yakunlandi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar muxlislarni zeriktirib qo‘ymadi.
Quyida natijalar bilan tanishib borishingiz mumkin:
- Osman Dias hakamlarning yakdil qarori bilan Jordan Santosni taslim etdi;
- Mayron Santos ochkolar bo‘yicha Frensis Marshalldan ustun keldi;
- Karlos Leal Miranda 1-raunddayoq Aleks Morononi texnik nokaut orqali mag‘lubiyatga uchratdi;
- Brunno Ferreyra 2-raundda Armen Petrosyan ustidan sabmishn evaziga g‘alaba qozondi;
- Djoshua Van hakamlarning yakdil qarori bilan Rei Suruyani yengdi.
Eslatib o‘tamimz, turnirning asosiy to‘qnashuvida Aleks Perreyra va Magomed Ankalayev o‘zaro jang qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar