
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Mavsumni g‘alaba bilan boshlash har doim yoqimli. Birinchi navbatda yangi futbol mavsumining ochilishi bilan barchani tabriklayman.
Bitta vaziyatni e’tiborga olmasak, bugungi o‘yinda raqibga deyarli imkoniyat bermadik. "So‘g‘diyona" to‘p bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Shu bois himoyada e’tiborliroq bo‘lishimiz talab etilardi. Menimcha, to‘p darvoza ustuniga tekkan o‘sha vaziyatdan boshqa raqib golli vaziyatni yarata olmadi. Hujumda ko‘proq vaziyatimiz bo‘ldi.
- Yangi kelgan futbolchilar haqida ...
- Ularni yangi deya olmaymiz. Cheranni, Umarni yoki Suhrobni, chunki ular o‘zimizning futbolchilar. Rubin Xebay betob ekani sabab bugun o‘ynay olmadi. Ularni taklif etishdan maqsad bizga tajriba va mahorat kerak. Hali oldinda yordamlari ko‘p tegadi.
- Nasrullayevning jarohati jiddiy emasmi?
- O‘ylaymanki u keyingi o‘yinlarda safimizga qo‘shiladi. Mashg‘ulotda kichik jarohat oldi. Baribir yordam berishni xohladi. U biz uchun muhim futbolchi.
- Igor Golban vaqtdan yutish uchun tushirildimi yoki so‘ngi daqiqalarda unga ehtiyoj sezdingizmi?
- Golbanni tushirimizdan maqsad raqib uzun uzatmalarga e’tibor qaratayotgandi. Oxirida standartlar va uzun uzatmalarga qarshi tura olish uchun bizga bo‘ydor futbolchi zarur edi.
- Darvozaga ko‘pdan buyon legioner futbolchi jalb etilmayotgandi. Siz bu borada raqobatni oshirishni maqsad qilganmisiz?
- Kutilmaganda Umid Ergashev jamoamizni tark etdi. U qolganida ehtimol boshqa darvozabon olmasdik. Shu boisdan yangi darvozabon variantini ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri keldi.
- Mavsum davomida darvozabonlarga o‘yin amaliyoti qanday taqdim etiladi?
- Zarur bo‘lganda kim tayyor bo‘lsa, shunga imkoniyat beriladi. Kim xato qilsa, keyingisida raqobatchisi maydonga tushadi.
- "Nasaf"ni oldinda og‘ir mavsum kutib turibdi. Mavsum davomidagi rejalar qanday?
- Bizda yetarlicha tarkib bor. Yoshlar jamoasidan bir nechta futbolchilar jalb etilgan.
- Bobir Abdixoliqovning jamoani tark etishiga sabab nima?
- U xorijda o‘zini sinab ko‘rishni maqsad qildi. U Qozog‘istonda, Belarusda chempion bo‘ldi. Ehtimol sovrinlari qatoriga Ozarbayjon chempionligini ham qo‘shib qo‘ymoqchidir. Borgan joyida yaxshi o‘yin ko‘rsatayapti, borgan joyida omad tilaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar