
So‘nggi kunlarda Kilian Mbappe uchun xushkayfiyat hukmron. El Nacional nashrining xabar berishicha, fransuz hujumchisining bank hisob raqamiga katta miqdorda pul kelib tushgan.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, "Real" Madrid rahbariyati Mbappeni erkin agent sifatida jamoaga jalb qilgani uchun unga 117 million yevro miqdorida bonus to‘lagan. Bu summa uning yillik maoshidan tashqari, qo‘shimcha mukofot sifatida beriladi.
PSJ klubi hujumchini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganiga qaramay, 25 yoshli futbolchi yozda Parijni tark etish va "Real" safiga qo‘shilishga qaror qilgan edi.
Mbappe "Real"ga kelganidan beri barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar