
O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etish uchun 17 martdan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushsa, 25 mart kuni safarda Eronga qarshi muhim bahs o‘tkazadi.
Milliy jamoa murabbiylar shtabi mazkur uchrashuvlar uchun kuchli tarkibni shakllantirdi. Ushbu yig‘inga O‘zbekistonning yetakchi legionerlari ham taklif etilgan. Xususan, Angliya Premer-ligasida porlayotgan Abduqodir Husanov, "Roma" safida faoliyat olib borayotgan Eldor Shomurodov, SSKA tarkibida o‘zini ko‘rsatayotgan Abbosbek Fayzullayev hamda jarohatidan tuzalib, qayta safga qaytgan Oston O‘runov va Jaloliddin Masharipov ham tarkibda bor.
O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar:
Yusupov
Ne’matov
Ergashev
Himoyachilar:
Abdullayev
Alijonov
Aliqulov
Ashurmatov
Eshmurodov
Xusanov
Sayfiyev
Komilov
Nasrullayev
Yuldashev
Abdiraxmatov
Yarim himoyachilar:
Xamrobekov
Fayzullayev
Iskanderov
Masharipov
O‘runov
Shukurov
Buriyev
Mozgovoy
Jiyanov
Hujumchilar:
Shomurodov
Abdixoliqov

O‘zbekiston milliy jamoasi uchun ushbu o‘yinlar muhim ahamiyatga ega, chunki saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish orqali terma jamoa JCH-2026 yo‘llanmasiga ega chiqishni maqsad qilgan. Muxlislar esa ayniqsa, Yevropa va Rossiya klublarida yaxshi formaga kirib olgan o‘zbek legionerlaridan yuqori saviyadagi o‘yin kutishmoqda.
Milliy jamoamizga muvaffaqiyat tilaymiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar