
Yevropa ligasining 1/8 finali doirasidagi "Atletik" - "Roma" javob o‘yini yakuniga yetdi.
Unda rimliklar yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi va Yevropa ligasini ushbu bosqichda tark etishdi.
O‘yinning 11-daqiqasida Xummel qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan keyin Uilyams dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Yuri o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 90+3-daqiqada Paredes penaltidan hisobni qisqartirdi. Shomurodov esa 61-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Birinchi bahsda rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Atletik – Roma 3:1 (umumiy hisob 4:3)
Gollar: 1:0 - 45+3 Niko Uilyams, 2:0 - 68 Yuri Berchiche, 3:0 - 82 Niko Uilyams, 3:1 - 90+3 Leandro Paredes (p)
Atletik - Xulen Agirresabala, Yuri Berchiche, Oskar De Markos, Aytor Paredes (Inigo Lekue 69), Unai Nunes, Mikel Xauregisar, Inigo Ruis de Galarreta, Unai Gomes (Aleks Berenger 46), Niko Uilyams, Inyaki Uilyams, Maroan Sannadi (Gorka Guruseta 77)
Roma - Mile Svilar, Evan Ndika, Mats Xummels, Djanluka Manchini, Tommazo Baldansi (Nikkolo Pizilli 61), Paulo Dibala (Eldor Shomurodov 61), Anxelino, Devayn Rensh (Aleksis Salemakers 84), Leandro Paredes, Brayan Kristante, Artem Dovbik (Matias Soule 53)
Ogohlantirish: Mile Svilar (12), Devayn Rensh (60), Leandro Paredes (71), Inyaki Uilyams (71), Andoni Gorosabel (90+1), Matias Soule (90+3)
Chetlatish: Mats Xummels (11).
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar