02:11 / 15.03.2025
0

“Al-Nasr” “Al Khoolood”ni mag‘lub etdi, Ronaldu gol seriyasini davom ettirdi!

“Al-Nasr” “Al Khoolood”ni mag‘lub etdi, Ronaldu gol seriyasini davom ettirdi!
Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Nasr” o‘z maydonida “Al Khoolood”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning 4-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 26-daqiqada Sadio Mane hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishidan oldin Jon Duran jamoasining uchinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda “Al-Nasr” futbolchisi Nawaf Bushan qizil kartochka oldi va jamoasi bir kishi kam qoldi. 72-daqiqada “Al Khoolood”dan Ali Alaeddin hisobni qisqartirdi, ammo bu mehmonlarga ochko olish uchun yetarli bo‘lmadi.

“Al-Nasr” ushbu g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida uchinchi o‘rinni mustahkamladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport