
Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Yunayted" jamoasi safarda "Lester Siti"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv "King Pauyer" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda "Yunayted"ning yosh hujumchisi Rasmus Xeylunn 28-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Aleksandro Garnacho 67-daqiqada ikkinchi golni urdi. Yakuniy natijani esa Bruno Fernandesh 90-daqiqada jamoasining uchinchi goli bilan belgiladi.
Statistikaga ko‘ra, "Lester" to‘pga egalik qilishda 55% ustunlikka ega bo‘lsa-da, "Manchester Yunayted" ko‘proq zarba yo‘lladi va aniq zarbalar borasida ham ustun keldi.
Bu g‘alaba orqali "MYU" 37 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. "Lester" esa 19-o‘rinda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar