14:32 / 17.03.2025
92

"Chelsi" yozgi transferlar vaqtida 15 nafar futbolchidan voz kechmoqchi

"Chelsi" yozgi transferlar vaqtida 15 nafar futbolchidan voz kechmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibida juda katta o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Klub yangi loyihani amalga oshirishga kirishgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Londonliklar, Jovanni Kendi va Dario Essugu singari yosh va iste’dodli o‘yinchilar uchun 60 million funt miqdorida mablag‘ sarf qilishga rozi bo‘lishgan.

“Aristokratlar”ning yangi loyihasi, shubhasiz, jamoadagi tajriba va iste’dodni yaxshilashga qaratilgan. Yangi o‘yinchilarni olish, mavsum yakunlanganidan keyin ham davom etadi. Klub mutasaddilari, shuningdek, murabbiylar ishonchini oqlamagan o‘yinchilardan 15 nafarini sotib yuborish va shundan kelib chiqib, g‘aznaga 340 million funt tushum qilishni rejalashtirmoqda.

Transferlar ro‘yxatiga ko‘ra, yozda “Chelsi”dan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarning ayrimlari, jumladan, grand klublarda o‘zining kelajagini topish uchun yangi imkoniyatlar izlayapti. Shunday qilib, ularning ayrimlari biroz kamroq narx bilan sotiladi, boshqalari esa katta summalarga xarid qilinadi.

Klubdan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar va ularning aniq narxlari:

- Kepa — £10 mln.
- Robert Sanches — £15 mln.
- Trevo Chaloba — £15 mln.
- Xamfris — £10 mln.
- Aksel Disasi — £25 mln.
- Gabriel Veyga — £30 mln.
- Ben Chiluell — £5 mln.
- Lesli Ugochukvu — £25 mln.
- Karni Chukvuemeka — £40 mln.
- Kirnan Dyusberi-Xoll — £25 mln.
- Joau Feliks — £35 mln.
- Raxim Sterling — £10 mln.
- Noni Madueke — £50 mln.
- Kristofer Nkunku — £40 mln.
- Armando Broya — £5 mln.

Transferlardan keladigan summa klubning yangi ijrochilarni olib kelish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu o‘zgarishlar klubning yangi strategiyasini va kelgusidagi maqsadlarini yanada mustahkamlaydi. "Chelsi"ning yozgi transferlar bozoridagi harakatlari klubning o‘z tarkibini kuchaytirish va yangi futbolchilarni jamoaga olib kelish maqsadidagi aniq qadamlarni ko‘rsatmoqda. Muxlislar uchun bu yangi boshlanish va klubning kelajagi uchun muhim qadam bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport