
"Manchester Siti" klubining yosh himoyachisi Abduqodir Husanov bugun O‘zbekistonga yetib keldi. O‘zining klubi va xalqaro maydondagi faoliyati bilan shuhrat qozongan futbolchi, bu safarida o‘zining mahalliy muxlislari tomonidan katta mehr va ehtirom bilan kutib olindi.
Aeroportda uni O‘zbekiston fan klubi a’zosi, bloger Abdiraxmon Fozilov va boshqa fan klub a’zolari quchoq ochib kutib olishdi. Fan klubi a’zolari o‘zlarining hurmat va mehrlarini bildirdi. Fan klubi a’zolarining aytishicha, Abduqodirga maxsus sovg‘a tayyorlab qo‘yilgan.
Videoda, Ibrohim ismli fan klub a’zosi, hatto "Abduqodir buni eshitib jinni bo‘lib qoladi!" deb pichirlab gapiradi.
Bu kutib olish Abduqodir uchun faqat O‘zbekistonga qaytishning bir imkoni bo‘lmasdan, balki o‘zining futbol faoliyatini yanada yuqoriga ko‘tarishga ishonchini oshirishga sabab bo‘ldi.
Abduqodir Husanov O‘zbekistonga kaytishi bilan yana bir yangi bosqichdagi imkoniyatlar va oliy darajadagi o‘yinlarga tayyor bo‘lganligini bildirgan. Uning O‘zbekistonga qaytishi, shuningdek, butun O‘zbekistondagi futbol muxlislari uchun katta xursandchilik va faxr manbai bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar