
Qirg‘iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan jamoasining tayyorgarligi haqida to‘xtaldi.
Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ayni paytda Bishkekda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Maksim Lisitsin tayyorgarlik jarayoni xususida so‘z yuritdi.
"Jamoaning tayyorgarligi reja bo‘yicha ketmoqda. Jarohatlanganlar yo‘qligi quvonarli. Biz bu jamoalarga qarshi avval ham o‘ynaganmiz. Futbolchilarga ularning odatiy xatolari va bizni g‘alabaga yetaklashi mumkin bo‘lgan ijobiy tomonlarini tahlil qilib berdik. Umid qilamizki, yigitlar maydonda barcha rejalarimizni amalga oshira olishadi", – dedi 47 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi bellashuvi 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar