
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoada tarqalayotgan trebl g‘alabasi haqidagi bahs-munozaralarga qat’iy nuqta qo‘ydi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Germaniyalik tajribali mutaxassis futbolchilarning o‘z kuchiga ortiqcha ishonch bildirishi jamoaga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan. Flik o‘z shogirdlariga jamoa hozircha hech qanday sovrin yutmaganini eslatib, g‘alabalar va maqsadlarga yetish uchun oldinda uzoq hamda qiyin yo‘l kutilmoqda, degan fikrni yetkazgan.
Shuningdek, murabbiy futbolchilarga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi. Katta gap-so‘zlar va keskin bayonotlar jamoaga foyda keltirmasligi, aksincha zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan Flik, shogirdlarini faqat maydondagi o‘yinga diqqatni qaratishga chaqirdi.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionatida 27-turdan keyin turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar, shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqib, Ispaniya kubogining yarim finalida ishtirok etmoqda.
Flikning bu chaqiruvi mavsumning hal qiluvchi pallasida futbolchilarni har qanday e’tiborni chalg‘ituvchi omillardan saqlab qolishga qaratilganligi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar