O‘zbekiston kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi
Biroz avval O‘zbekiston kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Avvalroq O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlangan bo‘lib, har bir guruhning to‘rtinchi jamoasi saralash o‘yinlari orqali aniqlanishi aytilgandi.

Saralashda 16 ta jamoa ishtirok etadi. Bunda barcha jamoa faqat 1 tadan uchrashuvda ishtirok etadi va g‘olib jamoa guruh bosqichiga yo‘l oladi. O‘yinlarning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, navbat qo‘shimcha taymlarsiz penaltilar seriyasiga beriladi.

Mazkur bosqichda Birinchi liga jamoalari ishtirok etishidan kelib chiqib, barcha uchrashuvlar 1-4 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Quyida qur’a natijasi bilan tanishishingiz mumkin:
O‘zbekiston kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar