Janubiy Koreyaliklar O‘zbekiston terma jamoasini puli kam deb o‘ylaganmidi?

Janubiy Koreyaliklar O‘zbekiston terma jamoasini puli kam deb o‘ylaganmidi?
Janubiy Koreyaliklar O‘zbekiston terma jamoasini puli kam deb o‘ylaganmidi?

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan JCh saralash bosqichi doirasida o‘yinni o‘tkazish uchun charter reys bilan Seulga yetib bordi. Bu koreys OAV va Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasini ham hayratda qoldirgan ko‘rinadi. Jumladan, “Sports Kyonghyang” va “Newsis” nashrlari shunday yozmoqda:

“O‘zbekiston terma jamoasi ham biz bilan o‘yinga ko‘p narsani “tikmoqda”. Bugun mahalliy vaqt bilan 18:30da O‘zbekiston charter reys bilan yetib keldi. Ularning charter reys bilan kelganliklari hayratlanarli. Iqtisodiy tomondan boy bo‘lmagan O‘zbekiston terma jamoasining charter reys bilan kelganligi haqiqatan yangilik. O‘zbekiston hali JChda biror marta qatnashgan emas. Bu safar imkoniyatlari yomon emas. O‘zbekiston bizni yengishni uddalasa 1-o‘ringa ham ko‘tarilib olishi mumkin. Lekin durang ham ular uchun qoniqarli natija”.

Shuningdek, ushbu nashrlar Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi rasmiylaridan ham iqtibos keltirgan. Janubiy Koreya futboli rasmiylari ham O‘zbekistonning charter reys bilan uchganligidan hayratini yashira olmagan:

“O‘zbekiston terma jamoasining charter reysda uchganligini ilk marta ko‘ryapmiz. Odatiy reyslar bo‘la turib charter reys bilan uchib kelgani — O‘zbekiston bu o‘yinni juda muhim deb hisoblayotganligidan darak beradi”.

Koreys OAV ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: Diydoraziz.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar