12:30 / 22.03.2025
5 801

Manchesterliklar futbolchilarning yoshi “urilgan”likda gumon qilinmoqda

Manchesterliklar futbolchilarning yoshi “urilgan”likda gumon qilinmoqda
The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, Angliyaning ikki yirik klubi – "Manchester United" va "Manchester City" yosh futbolchilarning yoshi soxtalashtirilganlikda gumon qilinmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbol mutasaddilari kamida uch nafar futbolchi bo‘yicha shubhalanmoqda. Ularning ikki nafari – Bassiru va Duka Nkotolar haqida ma’lumot oshkor qilingan. Ular 2022 yilda "Manchester United"ning 14 yoshgacha bo‘lgan jamoasiga qabul qilingan bo‘lib, yoshining sun’iy ravishda kichraytirilgan bo‘lishi ehtimoli bor. "Manchester City"ga o‘tgan futbolchining esa shaxsi ochiqlanmagan.

Jahon futbolida yosh futbolchilarning yoshini sun’iy ravishda kichraytirish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bu esa ularga yoshlar va bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda porlash imkonini beradi. Biroq katta futbolga qadam qo‘yganlarida, bunday o‘yinchilar ko‘pincha o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon qila olmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport